Кўп квартирали уйлардаги лифт ускуналари,амда уларга техник хизмат кўрсатиш тўғрисида Сергели туманида

Bugun 2025 yil 24- iyun kuni, Toshkent shahrining ko‘p kvartirali uylarida foydalanilayotgan lift uskunalarini o‘rnatish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish masalalarini muhokama qilish va tushuntirishga qaratilgan navbatdagi yig‘ilish Sergeli tumanida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Toshkent shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, “Texnopark” MChJ vakillari hamda tuman boshqaruv organlarining rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda avval qayd etilgan davlat farmon va qarorlarining ijrosini ta’minlash, xususan, eskirgan va nosoz liftlarni zamonaviy va xavfsiz uskunalarga almashtirish, ularning ishlashini doimiy nazoratga olish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish tizimida yuzaga kelayotgan muammolarni joyida hal etish yuzasidan batafsil tushuntirish va tavsiyalar berildi.