


🏢 Sergeli tumani hokimligida Toshkent shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi mas’ul rahbarlari ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
👥 Unda bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Egamberdiyev hamda sho‘ba boshlig‘i Farhod Bakiyev tomonidan fuqarolar murojaatlari qabul qilindi.
🟢 Qabul davomida 10 nafar fuqaroning uy-joy va kommunal xo‘jalik sohasiga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi.
📋 Har bir murojaat yuzasidan tegishli mutaxassislar tomonidan atroflicha o‘rganish ishlari olib borilib, aniqlangan muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
✅ Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimli ravishda davom ettirilmoqda.





