


🏢 Toshkent shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Shomansur Axmedov hamda uning birinchi o‘rinbosari Bekzod Talatov tomonidan Toshkent shahridagi elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
🔍 O‘rganish jarayonida iste’molchilarga elektr energiyasini barqaror yetkazib berish, elektr energiyasi taqsimotida yo‘qotishlarni kamaytirish hamda mavjud tarmoqlarning quvvat o‘tkazuvchanligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
📋 Yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli taklif va ko‘rsatmalar berildi.
✅ Mazkur yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.





