



Bugun Sergeli tumanida 2025/2026-yillar kuz-qish mavsumida uy-joy fondi, ijtimoiy va energetika sohalari ob’ektlarini barqaror ishlashga tayyorlash jarayonlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishga Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i A. Madiev hamda Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Sh. Axmedov boshchilik qildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-iyuldagi 453-sonli qarori hamda Toshkent shahar hokimining 2025-yil 13-fevraldagi 95-14-0-Q/25-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda tuman hududidagi tashkilotlarning mavsumga tayyorgarlik holati, bajarilayotgan chora-tadbirlar hamda mavjud masalalar yuzasidan aniq topshiriqlar belgilandi.





