Sergeli tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida Toshkent shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan joylarga chiqib boshqaruv servis kompaniyalarida olib borilayotgan ishlar o‘rganilmoqda. Xususan:

☝️Sergeli tumani Ezgulik va Ziynat MFY larida ko’p qavatli uylarda kuz qish mavsumi davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har xil avariyalarni bartaraf etish uchun «Hayot» BSK ga qarashli omborxonadagi zaxira anjomlari ko‘zdan kechirildi;

☝️Sergeli 7 Madodkor MFY «INTEGRAL HOUSE» BSK ga tegishli ko‘p qavatli uylarning yer to‘la qismida kuz qish dasturi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi;

☝️Sergeli 3 Nurxayot MFY da Kuz-qish mavsumiga tayyorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.