Toshkent shahrining Sergeli tumanida ichimlik suv tarmoqlarini qurish

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 2024-yil 19-noyabrdagi 05/1-2171-sonli topshirig‘iga asosan, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish (1 bosqich)” loyihasida iqtisod qilingan mablag‘lar hisobigan Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlardagi 34 ta mahallalarda ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurishga ruxsat berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 2024 yil 10 dekabrdagi 05/55-10 sonli topshirig‘iga asosan iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Izzatli MFYda ichimlik suv tarmoqlarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Toshkent shaxar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu mahallada olib borilayotgan ishlarni o‘rganish jarayonidan foto lavhalar.