Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi «Yashil makon» «Bir bolaga bir daraxt» loyihasidagi ishtiroki

Bahor kelib, tabiat uyg‘ongan bugungi kunda barcha hududlarda mevali va manzarali daraxtlar ekish ishlari jadal ravishda olib borilmoqda. Shu qatorda Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘aligi bosh boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida «Yashil makon» loyihasi doirasida ko‘chat o‘tqazish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan 255 va 43-sonli maktabgacha ta’lim maskanlarida 100 ta manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. Bolajonlarga ibrat bo‘layotgan bu ezgu amallar, kelajak avlodni ona tabiatga mehrli bo‘iib tarbiyalanishiga xizmat qiladi. Uy-joy kommunal bosh boshqarmasi hamda uning barcha hududlarda ko‘ngildan boshlangan bugungi obodlik ertangi farovonlikka xizmat qiladi.