https://t.me/toshkentshaharkommunal/2192
Toshkent shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining 1055 dispetcherlik xizmati aholidan kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlarni qabul qiladi hamda ularning tezkor va samarali hal etilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi.
Mazkur dispetcherlik xizmati poytaxtning barcha tumanlari hamda kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan uzviy hamkorlikda faoliyat yuritadi. Onlayn monitoring tizimi orqali issiqlik, ichimlik suvi va gaz ta’minoti jarayonlari uzluksiz ravishda nazorat qilinadi.
Bugun Toshkent shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan 1055 dispetcherlik markazining tungi faoliyati o‘rganilib, murojaatlarni qabul qilish va ularni tezkor bartaraf etish jarayonlari tahlil qilindi.





