Ko‘p kvartirali uylarning isitish tizimlari ishga tushirildi!

Toshkent shahar hokimining 2025-yil 1-noyabrdagi 804-14-0-Q/25-sonli qaroriga muvofiq, bugun — 5-noyabrdan boshlab poytaxtdagi ko‘p kvartirali uylarning isitish tizimlarini ishga tushirish ishlari boshlab yuborildi.

❄️ Qishning sovuq kunlarida aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida
🏢 Toshkent shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan markazlashgan isitish tizimlari va Individual Isitish Punktlarining holati joylarga chiqib o‘rganildi.

💧 Ushbu ishlar poytaxt aholisi uchun issiq, xavfsiz va qulay muhitni yaratishga xizmat qiladi.