







Bosh boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Sherzod Egamberdiyev Veolia energy Tashkent XK tomonidan “2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tasdiqlangan manzilli Dasturi” doirasida Bektemir tumanida o‘rnatilgan IIP (individual issiqlik punktlari)larining ishga tushirish hamda O’zsuvta’minot AJ tomonidan quvurlar almashtirish jarayoni bilan tanishdi.
Toshkentning issiqlik ta’minoti tizimi 1960-yillarda ochiq tizim asosida qurilgan bo‘lib, bunda qozonxonadan kelgan suv bevosita xonadonlardagi batareyalar va issiq suv smesitellariga yuborilgan. Ishlatilgan suv yo‘qotilgan va uni qozonxonada qaytadan to‘ldirishga to‘g‘ri kelgan. Yopiq tizim shunisi bilan farq qiladiki, bunda issiq suv qozonxonadan iste’molchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetib bormaydi, Issiq suv faqatgina turar joy yoki ma’muriy binolarga o‘rnatilgan IIPgacha yetib boradi. U yerda issiqlik vodokanaldan kelayotgan sovuq suvga uzatiladi, shundan so‘ng isitilgan suv bino ichida aylanadi.