Veolia energy Tashkent XK tomonidan Toshkent shahrida issiqlik tarmoqlarini sinovdan o‘tkazish davom etmoqda

Veolia energy Tashkent XK tomonidan e’lon qilingan jadval asosida (https://t.me/veoliaenergytashkent_official) Toshkent shahrida issiqlik tarmoqlarini sinovdan o‘tkazish davom etmoqda, bugun (12.09.2025 y. 00:00 dan 06:00 gacha) Amir Temur, Mustaqillik, Navoiy, Bobur, Buyuk Turon, Istiqbol, Zarafshon, Maxtumquli, Islom Karimov, Shastri, Nukus, Abdulla Qahhor, Haydar Aliyev, Uchuvchilar shaharchasi, Qushbegi ko‘chalarida issiqlik tarmoqlarini sinovdan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.