“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida

     Joriy yilning 11-oktabr kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yil yakunigacha 75 mln dona, kelgusi yil bahor oylarida yana 125 mln dona mevali va manzarali ko‘chat ekish vazifasi qo‘yilgan edi. O‘tgan yilgi tajribadan kelib chiqib, joriy yilning 20-oktabridan 1-dekabrgacha ko‘chat ekish bo‘yicha yurtimiz bo‘ylab “Dolzarb 40 kunlik”  loyihasi e’lon qilindi.


    Loyiha doirasida Buxoro viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi tomonidan ham ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarda manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazish ishlari boshlab yuborildi. Bu xayrli tadbirda boshqarmaning G‘ijduvon tumani bo‘limi peshqadamlik qilimoqdalar.