




Bosh boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Talatov boshchiligida mas’ul xodimlar tomonidan Toshkent shahri Olmazor tumaniTepaguzar MFY 21 va 22 ko‘p kvartirali uylarning yer to‘la qismida Veolia energy Tashkent XK tomonidan o‘rnatilgan IIP (individual issiqlik punktlari)larning ishga tushirish jarayoni o‘rganildi. Ushbu yopiq tizim orqali energoresurslar tejaladi, aqlli hisoblagichlar o‘rnatilishi evaziga suv harorati va bosimi aniq ko‘rinib turadi, jumrak ochilganda issiq suv kelishini uzoq kutishga to‘g‘ri kelmaydi.