O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi – “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi yurtimiz bo‘ylab katta shukuh va ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda. Har bir hududda, har bir tashkilotda, har bir yurakda bu ulug‘ sana – ozodlik, erkinlik va mustaqil taraqqiyot ramzi sifatida alohida iftixor bilan kutib olinmoqda. Bu yilgi bayram “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oya ostida o‘tkazilayotgani esa uning ma’naviy qadrini yanada oshirmoqda.