Toshkent shahar Uy-joy kommunal xoʼjaligi bosh boshqarmasi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi “Uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora- tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5017-sonli Farmoni asosida tashkil etilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi “Ma’muriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-151-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 214-son Qarori talablari asosida ish faoliyatini olib boradi.
Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi, o‘z faoliyatida bevosita Vazirlikka bo‘ysinadi va hisobot beradi.
Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, hamda va Vazirlikning bo‘yruq va ko‘rsatmalari, ushbu Nizom, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga Uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish bosh boshqarmasi oʼz faoliyatini Toshkent shahar va tuman hokimliklari, vazirliklar, joylardagi davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa korxona-tashkilotlar bilan oʼzaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Boshqarmaning asosiy vazifalari
Boshqarmaning funksiyalari
Boshqarma oʼziga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi




jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joy kommunal xizmatlarga bo‘lgan talabini o‘rganadi va o‘rnatilgan tartibda Vazirlikka taqdim qiladi;
iste’molchilarga uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifat darajasini oshirish va energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan takliflar kiritadi;
ko‘p xonadonli uy-joy fondi, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari, issiqlik ta’minoti sohasida qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga doir dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
hududiy uy-joy kommunal xo‘jaligi tizimiga rahbarlik qiladi, uy-joy kommunal xo‘jaligi ob’ektlaridan foydalanadigan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
ko‘p xonadonli uy-joy fondi, issiqlik ta’minoti, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarining texnik-iqtisodiy holati ko‘rsatkichlarini o‘rganadi va monitoring qiladi;
ko‘p kvartirali uylardan va ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalaridan foydalanish hamda ularni saqlash bo‘yicha tizimli ishlarni samarali tashkil qilishda ishtirok etadi;
ko‘p kvartirali uylarni mavsumiy foydalanishga o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash ishlarini tashkil qiladi;
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlariga novatorlik faoliyatini va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish;
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilib boradi hamda vazirlikka taqdim qilib boradi;
uy-joy kommunal xo‘jaligi sifatini oshirish, ularning turlarini kengaytirish, ishlab chiqarishning moddiy va energiya iste’molini kamaytirish va bu sohani takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
mahalliy ijro hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan uy-joy mulkdorlari shirkatlarining ko‘p xonadonli uylarning saqlanishini ta’minlash, uy-joy kommunal xo‘jaligi ob’ektlarining barqaror ishlashi masalalari yuzasidan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yadi;
hudud aholisini uy-joy kommunal xo‘jaligi tashkilotlarining faoliyati to‘g‘risida muntazam xabardor qiladi, jismoniy yuridik shaxslarning bosh boshqarma vakolatiga kiritilgan masalalarga taalluqli murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi;
ko‘p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish ko‘p xonadonli uylarni boshqarish va boshqaruvni amalga oshiradigan tashkilotlarni nazorat qilish tizimining faoliyat ko‘rsatishi, uy-joy munosabatlari ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari to‘g‘risida aholini axborot bilan ta’minlaydi;
ko‘p xonadonli uylarni rekonstruksiya qilish, ulardan foydalanish, saqlash va ta’mirlash, ularning texnik va foydalanish holatini yaxshilash masalasida mahalliy ijro etuvchi organlar faoliyatiga ko‘maklashadi;
ko‘p xonadonli uy-joy fondining turar joylarini yashash uchun yaroqsiz deb tan olish tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshirishda ishtirok etadi;
ko‘p xonadonli uy-joy fondining avariya holati monitoringini olib boradi;
ko‘p xonadonli uy-joy fondini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash borasida ishlarni tashkil qiladi va mahalliy ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatiga ko‘maklashadi;
ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi dasturlar, strategiyalar hamda konsepsiyalarni ishlab chiqish uchun aniq takliflarni shakllantirish va ularni amalga oshirishda ishtirok etish;
aholining ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlar bilan qamrab olinishini monitoring qilish;
aholi punktlarini ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlar bilan ta’minlash uchun davlat ijtimoiy buyurtmalari uchun takliflarni shakllantirish;
ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishida xususiy sektorning ishtirokini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida kengaytirish choralarini ko‘rish;
ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi tarif siyosatini shakllantirishga ko‘maklashish uchun hududdagi tariflarni iqtisodiy va texnik tomondan tahlil qilish;
ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishga ko‘maklashish;
ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida xodimlarga bo‘lgan ehtiyojni tahlil qilish hamda ularni tayyorlash bo‘yicha takliflarni shakllantirish;
ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlari faoliyati samaradorligining asosiy mezonlarini bajarilishini baholashda ishtirok etish;
ichimlik suvi va oqova suvlarni tozalash inshootlarini texnologik auditdan o‘tkazish bo‘yicha takliflarni shakllantirish hamda suvni tejash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;
ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlari uchun suvning texnologik jihatdan sarflanishini va yo‘qotilishini yo‘l qo‘yiladigan normalarini (limitlarini) belgilashda ishtirok etish;
ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish ob’ektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilishga doir aniq yo‘naltirilgan dasturlarni shakllantirish;
davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish ob’ektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilishga doir aniq yo‘naltirilgan ro‘yxatlarni yuritish;
ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi loyihalarning ro‘yobga chiqarilishi monitoringini mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari bilan hamkorlikda amalga oshirish;
issiqlik ta’minoti tizimida, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib, energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
ob’ektlarda energiya samaradorligini ta’minlaydigan mahalliy qozonxonalar qurish, shuningdek, xonadonlar ichida alohida issiqlik ta’minoti tizimlarini o‘rnatish orqali markazlashtirilmagan issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi;
jismonan va ma’nan eskirgan, samaradorligi past qozonxona agregatlari, nasos uskunalari, ishdan chiqqan magistral va taqsimlash issiqlik tarmoqlari modernizatsiya, rekonstruksiya qilinishi hamda almashtirilishida qatnashadi;
energiya resurslarini ishlab chiqarish va iste’mol qilishni normativ hisobga olishni yo‘lga qo‘yish, iste’molchilarning issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun kelib tushadigan mablag‘lar va to‘lovlarini avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimi joriy qilinishini tashkil etadi;
uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi uchun xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ehtiyojni o‘rganadi, uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi uchun xodimlar tayyorlashni, xorijiy mamlakatlarda tajriba orttirish uchun nomzodlarni jalb qilish ishlarini tashkil qiladi; tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda bosh boshqarma va uning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlarda korrupsiyani oldini olishga qaratilgan ishlarni tashkillashtiradi.