








Bugun Toshkent shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi jamoasi tomonidan hududlarni obodonlashtirish va tozalikka qaratilgan umumxalq hashari tashkil etildi.
Hashar davomida bosh boshqarma xodimlari bino atrofi hamda unga tutash hududlarni tartibga keltirish, yashil maydonlarni tozalash, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdilar.
Mazkur tadbir jamoada birdamlik muhitini mustahkamlash, shaharimizda tozalik va obodonchilikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.





