Aziz va muhtarama ayollar!
Sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.
Jamiyatimiz taraqqiyoti, oilalarimiz farovonligi va yurtimiz ravnaqi yo‘lida ayollarning o‘rni beqiyosdir. Sizlarning mehr-muhabbatingiz, matonatingiz va fidokorona mehnatingiz har bir sohada yuksak qadrlanadi.
Toshkent shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi jamoasi nomidan barcha xotin-qizlarga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, oilaviy xotirjamlik va ish faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin! 💐





