Chilonzorda qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari boshlandi

25-fevral kuni Chilonzor tumanida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari start oldi. Unda tuman boshqaruv servis kompaniyalari va kommunal xo‘jaligi tashkilotlari ishtirok etmoqda.

Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari Chilonzor tumanida fuqaro muhofazasi yig‘ma komandalarining kuch va vositalari saf ko‘rigi bilan boshlandi.

Mashqlar davomida xabar berish tizimi sinovdan o‘tkazilib, avariya-qutqaruv ishlarini tashkil etish hamda zilzila va boshqa favqulodda vaziyatlarda xizmatlar hamkorligini kuchaytirish masalalari amaliy jihatdan mashq qilinadi.