Toshkent shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan joriy yilning 28-yanvar kuni soat 10.00 dan boshlab Bektemir tumani hokimligi binosida sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sayyor qabul davomida kommunal sohalar bo‘yicha hududda joylashgan ko‘p kvartirali uylardagi muammo va kamchiliklar o‘rganilib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tinglanadi va mavjud muammolar yechimi yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olinadi.
Sayyor qabul 28-yanvar kuni soat 10.00 da boshlanadi!
TOSHKENT SHAHAR UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASI MA’MURIYATI





