


Toshkent, 19 yanvar 2026 yil — Bugun Toshkent shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida ishchi guruh hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda hukumat qarorlari va farmoyishlari ijrosi, lift uskunalarini o‘rnatish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan: Mavjud binolarda yangi lift uskunalarini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, sifat nazorati va standartlarga muvofiqligi, o‘rnatish jarayonida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar, Texnik xizmat ko‘rsatish va xavfsizlik masalalari ko‘rib o‘tildi





