






Bugun tuman hokimliklarida Boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) va tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirokida yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi.
Ayrim BSKlar tomonidan debitor va kommunal qarzlarni undirish bo‘yicha sudga topshirilayotgan da’vo arizalarida protsessual talablar buzilayotgani, xususan:
- talabni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagani;
- Toshkent shahrida yashamaydigan mulk egalari nomiga arizalar yuborilgani;
- hatto vafot etgan shaxslarga nisbatan murojaat qilingan holatlar
- kabi xatoliklar ta’kidlab o‘tilgan edi.
Bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarda ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, qonunchilik normalarini to‘g‘ri qo‘llash va amaliyotdagi muammolarni hamkorlikda hal etish masalalari muhokama qilindi. Mas’ul xodimlarga sudga murojaat qilish tartibi bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv yakunida BSKlar, UJMShlar va sud tizimi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, da’vo arizalarini sifatli rasmiylashtirish va huquqiy xatolarning oldini olish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.





