Haftaning har juma kuni “Siyosiy-ma’rifat soati” tashkil etiladi

Toshkent shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida xodimlarning siyosiy savodxonligini oshirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan xabardorligini kuchaytirish maqsadida haftaning har juma kuni “Siyosiy-ma’rifat soati” o‘tkazib boriladi.

🗓 Mazkur mashg‘ulotlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, Prezident farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati, dolzarb ijtimoiy mavzular hamda xodimlar uchun foydali ma’lumotlar muhokama qilinadi.

🎯 Tadbirlarning asosiy maqsadi — xodimlarning dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy va siyosiy ongliligini mustahkamlashdir.