


Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlari ishtirokida Sergeli tumanida boshqaruv servis kompaniyalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda servis kompaniyalari tomonidan bajarilgan ishlar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Mutasaddilar tomonidan mavsumiy tayyorgarlikni belgilangan muddatlarda yakunlash, issiqlik va suv ta’minoti tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida aholiga sifatli va uzluksiz kommunal xizmat ko‘rsatish hamda joylardagi mas’uliyatni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.