





Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Talatov rahbarligida tegishli bo‘lim xodimlari ishtirokida Sergeli va Mirobod tumanlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi.
Tashrif davomida uy-joy fondi, issiqlik va kommunal xizmat ko‘rsatish tizimining mavsumiy ishlar holati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish choralari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, hududlarning sanitariya holati ko‘zdan kechirilib, aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida obodonlashtirish va tozalikka oid topshiriqlar berildi.