


Joriy yilning 2-oktyabr kuni Toshkent shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Talatov, Bosh boshqarmaning bir guruh hodimlariga sohada ko‘rsatgan xizmatlari hamda Toshkent shahrining ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shgan munosib hissalari va samarali mehnatlari uchun Toshkent shahar hokimi tomonidan imzolangan faxriy yorliqlarni shaxsan topshirdi.
Shu o‘rinda o‘tgan 1-oktyabr «ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan barch xodimlarni tabriklab, ularga o‘z minnatdochiligini bildirdi.