






«Тошкент шаҳар сув таъминоти» МЧЖ ва «SUEZ International SAS» (Франция) компанияси bilan hamkorlikda «Тошкент шаҳри ичимлик сув таъминоти ва оқова сув тизимини трансформация қилиш» лойиҳаси doirasida Toshkent shahar Yangihayot tumani ko‘p xonadonli uylarga ichimlik suvi uchun aqili-hisoblagichlari o‘rnatilish jarayoni Toshkent shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining birinchi o‘rinbosari Bekzod Talatov boshchiligida tegishli xodimlar bilan joyiga chiqib o‘rganildi. Bunday hisoblagichlar o‘rnatilgan xonadonlardan hisoblagich ko‘rsatkichlarini billing tizimiga taqdim etishlari so‘ralmaydi. Bu esa “Toshkent shahar suv ta’minoti” korxonasiga ma’lumotlar bazasini to‘g‘ri shakllantirish, ta’minotchi va iste’molchi o‘rtasida yuzaga keladigan turli tushunmovchiliklarga barham berish va tarmoqlarda suv ta’minoti bosimini tartibga solishni yaxshilash imkonini beradi.