Чилонзор туманидаги замонавий когенерация қурилмаси

Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Talatov va Bosh boshqarmaning tegishli bo‘lim xodimlari Chilonzor tumanidagi “Oqtepa” va “Bog‘zor” mahallalari hududida ishga tushirilgan kogeneratsiya qurilmasini ko‘zdan kechirishdi.

Mazkur qurilma soatiga 4,6 MVt elektr energiyasi hamda 29 Gkaldan ortiq issiqlik energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Foydali ish koeffitsienti esa 85 foizni tashkil etadi. Bu yerda Germaniyadan keltirilgan gaz-porshenlar hamda “Bosch” qozonlari ishlamoqda. Ular orqali yiliga jami 41 mln kVt·soat elektr energiyasi va 219 ming Gkal issiklik energiyasi ishlab chiqariladi.

Shu bilan birga ko‘p kvartirali uylarning birida ishga tushirilgan individual issiqlik punkti bilan tashishdi. IIP — texnologik jihozlar majmuasi bo‘lib, u issiklik tashuvchi (issiq suv, bug‘) qabul qilish, avtomatik parametrlar nazorati va energiya hisob-kitob qilish vazifalarini bajaradi.