




Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Toshkent shahridagi kommunal tashkilotlari va ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv organlari 2025 yilning 8 oyi davomida debitor qarzdorliklarni qisqartirish bo‘yicha belgilab qo‘yilgan topshirig‘i yuzasidan Mirobod tuman hokimligida tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Mirobod tumanida “Ko‘p qavatli uy-joy fondini 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tasdiqlangan manzilli Dasturi” doirasida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha yakuniy natijalarni 25-sentyabr kuniga qadar topshirilishi ko‘rsatib o‘tildi.