






Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlari Bosh boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Talatov boshchiligida Toshkent shahar issiqlik markazi MCHJda bo‘lib, 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida olib borilgan ishlar bilan tanishdi.
Shu bilan birga, issiqlik markazi (IM-1)da qozonxonalardagi tiklash-ta’mirlash ishlarining holati hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun zaxiralar to‘plami ko‘zdan kechirildi. Mavjud dispetcherlik xizmatining faoliyati o‘rganildi.