Olmazor tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganilmoqda.

Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlari Toshkent shahar Qurilish inspeksiyasi va tuman uy-joy kommunal bo‘limi vakillari bilan hamkorlikda Olmazor tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan 10 ta Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

O‘rganishlar davomida ko‘p qavatli uylarning podval qismi, elektr taqsimlagich shitlari, suv va issiqlik ta’minoti tarmoqlari, tom qismi  holatiga alohida e’tibor berildi.