1055 dispecherlik xizmatining tungi navbatchilik holati oʼrganildi.

Toshkent shahar uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Talatov tomonigan 1055 dispecherlik xizmatining tungi navbatchilik holati oʼrganildi Shahar 1055 dispecherlik xizmati kunu tun turar-joy kommunal xo‘jaligiga taalluqli arizalarni qabul qiladi.

Qisqa raqam orqali issiqlik, tabiiy gaz, elektr ta’minoti, ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalari, kirish yo‘laklari, tom ustidagi barcha muammolar yuzasidan murojaat qilish mumkin. Shuningdek, dispecherlik markazi xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlarni qabul qilib, mazkur muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi.

Shuni eslatib oʼtmoqchimizki, ushbu dispetcherlik xizmatiga qilingan har bir murojaat audio formatida yozib olinadi va ularning ijrosi ustidan tizimli nazorat oʼrnatilgan. Bir soʼz bilan aytganda, Sizning 1055 dispetcherlik xizmatiga qilgan har bir murojaatingiz ijrosi doimiy nazoratda boʼlishi taʼminlanadi.