










Bugun (5.08.2025 y.) Toshkent shahar uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasining xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayrami munosabati bilan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi” ning 6 bandiga asosan Amir Temur muzeyiga tashrifi uyushtirildi.
Muzey binosi mustaqillik davrida bunyod etilgan eng noyob inshootlardan biridir.
Muzeyda saqlanayotgan Amir Temur va temuriylar davri hamda tariximizga oid moddiy va ma’naviy yodgorliklar, arxeologik topilma va saqlanmalar tashrif buyurganlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Xodimlar muzeyiga tashrifdan katta ta’surotlar bilan qaytishdi.