





Bugun (5.08.2025 y.) Toshkent shahar uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Talatov boshchiligida Toshkent shahar Olmazor tumanida koʻp qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlik darajasi hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan shakllangan dastur ijrosi joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda.
O‘rganishda, kuz-qish oylarida ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash, qor-yomg‘irli kunlarda ko‘p kvartirali uylarning tomidan chakki o‘tmasligini ta’minlash asosiy vazifalardan ekanligi boshqaruv kompaniya rahbarlariga yana bora ta’kidlandi.