Olmazor tumanida kuz-qish mavsimiga tayyorgarlik

Bugun (4.08.2025 y.) Toshkent shahar uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Talatov boshchiligida Toshkent shahar Olmazor tumanida boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari va tuman kommunal xo‘jaligi tashkilotlari mas’ullari ishtirokida koʻp qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlashga oid masalalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan shakllangan dastur ijrosini to‘lik bajarishda yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar hamda ko‘p qavatli uylardagi issiqlik ta’minoti quvurlarini bosim ostida yuvish, toraytiruvchi moslama o‘rnatish, ijro intizomi kabi masalalariga e’tibor qaratildi.