Joriy yilning 2 sentyabr kuni bosh boshqarma boshlig‘i SH.T. Axmedov rahbarligida o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda:
- Toshkent shahrida mavjud ko‘p qavatli uy-joylar fondi hamda kommunal xizmat ko’rsatish korxonalarini 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash dasturi ijrosi;
- Boshqaruv tashkilotlari hamda kommunal xizmat ko’rsatish korxonalarida yuzaga kelayotgan debitor qarzdorliklarni qisqartirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
- ko’p kvartirali uylar hamda ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimini yuvish, profilaktika qilish va toraytiruvchi moslamalarini o’rnatish;
- tumanlarda kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo’yicha shtablar tashkil qilish;
- barg chirituvchi chuqur (komposterlar) tashkil etish masalasi, hamda kelib tushayotgan murojaatlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi.
Mazkur yig‘ilishda kommunal xizmat ko’rsatish korxona rahbarlari, tuman hokimlarining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda tuman uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.
Qo‘yilgan masalalar yuzasidan hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha mutasaddilarga vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.





