Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda!

🌦Toshkent shahrining barcha tumanlarida Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan zarur ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ko‘p qavatli uylarning tom qismlari, fasad, va kirish yo‘laklari ta’mirlanmoqda, elektr shitlari tartibga keltirilmoqda hamda uy atroflarida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

📍Xususan, Yunusobod tumani, markaz-6 mavzesi «Minor grant», Shayxontoxur tumani markaz 13 mavzesi “Abduraxmon ota”, Yashnobod tumani ustozlar MFY “FMM GREEN”, Mirzo Ulug‘bek tumanida “Imona baraka” kabi bjshqaruv kompaniyalari tomonidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.