



Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi vazirligida hamda O‘zbekiston lift va lift uskunalarini ishlab chikaruvchi tashkilotlar assosatsiyasida Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda bosh boshqarma ko‘p kvartirali uylar lift uskunalarining texnik holatini monitoring qilish bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi. Uchrashuvda lift uskunalariga xizmat ko‘rsatish va masofadan turib sun’iy intellekt orqali boshqarish hamda kelgusida amalga oshirish lozim bo‘lgan ishlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.