O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o‘ttiz to‘rt” yilligi umumxalq bayramiga tayyorgarlik

Joriy yilning 26-avgust kuni Uy-joy kommunal xojaligi bosh boshqarmasi va favqulodda vaziyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyundagi 369-sonli qarori hamda Toshkent shahar hokimligi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2024-yil 16-avgustdagi 7-sonli buyrug‘i talablaridan kelib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o‘ttiz to‘rt” yilligi umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish maqsadida, Toshkent shahar Shayxantohur tumanida joylashgan “Paxtakor stadioni” hududida Fuqaro muhofazasi tuzilmalari mexanizatsiya ishlari yig‘ma komandasi saf ko‘rigi utkazildi.