


2025 yil 19 avgust kuni Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida Toshkent shahar kommunal xojaligi bosh boshqarmasi va tuman hokimligi mas’ul xodimlari, tumanda faoliyat olib borayotgan boshqaruv servis kompaniyalarining 30 nafar rahbari ishtirokida tuman bo‘yicha mavjud debitor qarzdorliklarni qisqartirish; kuz qish dastur ijrosining amaldagi holati va monitoringi; “1055” va “PM” axborot tizimlari orqali kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish; va tumandagi lift xo‘jaliklarini xatlovdan o‘tkazish ishlarini yakunlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda:
1.Tuman miqyosida kommunal xizmatlar uchun tolovlar bo‘yicha qarzdorlik holati tahlil qilindi. debitor qarzdorlikni undirish borasida boshqaruv servis kompaniyalariga ko‘rsatma va takliflar berildi.
2. Kuz qish dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muhokama o‘tkazildi. Ba’zi servis kompaniyalari tomonidan ishlar sust olib borilayotgani ta’kidlandi.
3. “1055” va “PM” tizimlari orqali kelib tushayotgan fuqarolik murojaatlari statistikasi tahlil qilindi. Ko‘pchilik holatlarda javob qaytarish muddati cho‘zilayotgani muammoli deb topildi.
4. Lift xo‘jaliklarini xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijalari ko‘rib chiqildi. Ayrim joylarda xatlov ishlari yetarli darajada tizimli olib borilmayotgani qayd etildi.