Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik (2025-26 y.y.) davom etmoqda.

Bugun (21.08.2025 y.) Toshkent shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan Yunusobod tumanida faoliyat olib borayotgan boshkaruv servis kompaniyalari hamda UJMSHlar bilan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan shakllangan dastur ijrosini to‘lik bajarish hamda ko‘p qavatli uylardagi issiqlik ta’minoti quvurlarini bosim ostida yuvish, toraytiruvchi moslama o‘rnatish, ijro intizomi, xususuan, O‘zbekiston Respublikasi Prezident va xalq nazorati portaliga, hamda 1055 dispetcherlik markaziga kelib tushayotgan murojaatlar ijrosi haqida tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.. Yig’ilishlarda murojaatlarni ko’rib chiqish va ularni hal qilish jarayonlari muhokama qilindi. Xususan, murojaatlarni o’z vaqtida va sifatli hal qilish masalalari tanqidiy tahlil qilindi.