




Toshkent shahar uy joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlari bugun 2025 yil 1-avgust kuni navbatdagi siyosiy ma’rifat soatida ishtirok etishdi. Siyosiy ma’rifat soatidan so‘ng Bosh boshqarma yuriskonsulti T. Tuxtasinov sozga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 340-sonli qarori 4-bandi ijrosini ta’minlash bo‘yicha, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga 2025-yilning iyul oyi mobaynida(“LexUZ – huquqiy axborot izlash tizimi (www.lex.uz”) kiritilgan hamda yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish, hamda o‘rnatilgan tartibda amaliyotga joriy etish yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib bordi.