



Joriy yiling 14 iyul kuni Toshkent shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi binosining majlislar zalida Toshkent shahridagi lift uskunalari mavjud ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan boshqaruv kompaniyalari, Qurilish va kommunal xo‘jaligi vazirligi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, tuman hokimliklari hamda “Texnogarant” MChJ xodimlari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respeblikasi Prezidentinig 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-iyundagi 376-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-noyabrdagi 602-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-fevraldagi 98-sonli qarori talablari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-iyundagi 376-sonli qarori ijrosi yuzasidan boshqaruv kompaniya rahbar xodimlariga tushuntirish berildi. Xususan, ekspluatatsiya muddatini o‘tagan lift uskunalarini yangisiga almashtirish ishlari to‘g‘risida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 oktyabrdagi 801-sonli qaroriga asosan lift uskunalarining ishlash muddati 25 yil etib belgilanganligi, ammo aksariyat liftlar qarovsiz holda qolganligi ularga o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-noyabrdagi 602-sonli qaroriga asosan lift uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish hamda yiliga kamida 1 marotaba texnik shaxodatlash (osvidetelstvovanie) majburiyligi tushuntirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respeblikasi Prezidentinig 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-fevraldagi 98-sonli qarori haqida tushuntirish berildi. Unga ko‘ra, tumandagi barcha lift uskunalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kerakligi ta’kidlandi.
Yig‘idishda qatnashgan “Texnogarant” MChJ mas’ul xodimi bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar haqida tushuntirishlar berib, Texnogarant MChJ hamda boshqaruv organlari orasida mavjud qarzdorliklarni so‘ndirish, aks holda, qarzdorlik so‘ndirilmasa jamiyat shartnoma shartlarini o‘zgarishi mumkinligi haqida tushuntirish ishlari olib bordi.
O‘zbekiston Respeblikasi Prezidentinig 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli farmoniga asosan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi mas’ul xodimi tomonidan davlat nazoratini amalga oshirilishini hamda ushbu tadbir doirasida qiyinchiliklarga duch kelinganida sohaga doir barcha tashkilotlar tomonidan kamchiliklarni bartaraf qilishga kelishib olindi.