18 aprel – «Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari» kuni munosabati bilan, Toshkent shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda bosh boshqarma raxbabariyati va xodimlari, Toshkent shahar kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari soha muttaxassislari, tuman bo‘limlari hamda Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan boshqaruv servis kompaniyalari vakillari ishtirok etishdi!
Tadbir davomida bir qator xodimlar va korxona vakillari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi!





Shuningdek ushbu sohada uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib kelayotgan bosh boshqarma xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vasirining tegishli qaroriga asosan “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.

