2024-2025 yillar kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish

Toshkent shahar hokimining tegishli ko’rsatmasiga asosan, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo’jaligi bosh bosqarmasi hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda 2024-2025 yillar kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish, favqulodda kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyalarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida Shayxontoxur tumani “Paxtakor” FK MChJ hududida “Ishlarni mexanizatsiyalash yig‘ma komandasi” kunu-tun faoliyati tashkil etilgan. Ma’lumot o’rnida: “Ishlarni mexanizatsiyalash yig‘ma komandasi” har yili kuz-qish mavsumida tashkil etib kelinayotgan yig’ma komanda bo’lib, barcha og’ir muxandislik texnikalar va avariya tiklov guruxlari jalb etilgan hamda yoqilg’i-moylash va barcha extiyot qisimlar zaxirasi yaratilib shay holatga keltirilgan.