Toshkent shahrining barcha tumanlarida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas’ullari, Toshkent shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshliq o’rinbosari va tuman hokimliklarining mas’ul vakillari ishtirokida ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv organlari bilan uchrashuv tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 15 may kuni poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida bo‘lib o‘tgan ayni uchrashuvda ko‘p kvartirali uylarni ekspluatatsiya qilish, xizmat ko‘rsatish sohasini yaxshilash yuzasidan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, ko‘p kvartirali uylarda zarur ta’mirlash-tiklash ishlari, muhandislik tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash choralarini ko‘rish, boshqaruv organlari pasportini har bir kirish yo‘laklariga yopishtirish, hududlarni obodonmlashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish lozimligi ta’kidlandi. Shu bilan birga aholidan kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rishga alohida e’tibor qaratish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Ta’kidlash lozimki, bunday uchrashuvlar barcha hududlarda tashkil etilishi rejalashtirilgan.


