Ozoda Joʻrayeva- Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri oʻrinbosari
Sohani raqamlashtirish, kommunal to‘lovlar tizimi shaffofligini ta’minlash maqsadida “Mening uyim” billing tizimi ishga tushirildi. Bu tizim ko‘p kvartirali uylardagi aholining majburiy badallarni elektron shaklda to‘lash va o‘z navbatida yurtdoshlarimiz tomonidan boshqaruvchi tashilotlarning moliyaviy xarajatlarini onlayn kuzatib borish imkonini beradi.
Hozirda “Mening uyim” elektron tizimiga shirkat va boshqaruv tashkilotlari boshqaruvidagi ko‘p kvartirali uylardan 1,2 million xonadon ma’lumotlari kiritilgan bo‘lib, Markaziy bankning kliring “MUNIS” tizimi va elektron tizimlar orqali 173 mlrd so‘m pul mablag‘i kelib tushgan.